
Masofaviy ta'lim shakli talablari bilan ochiq muloqot
Joriy yilning 2-oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida Masofaviy ta'lim shakliga qabul qilingan talabalar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda universitet o'quv ishlari bo'yicha prorektori S.Ermamatov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig'i A.Nasriddinov, Masofavit ta'lim kafedrasi mas'ullari talabalarga o'quv jarayoni, ta'lim-tarbiya tizimi haqida ma'lumot berishdi. Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig'i A.Nasriddinov Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining "Korrupsiyasiz soha" loyihasi doirasida universitetda "Korrupsiya taraqqiyot kushandasi !" mavzusida suhbat o'tkazdi. Tadbirda O'quv ishlari bo'yicha prorektor S.Normamatov, masofaviy ta'lim fakulteti dekani N.Chinniqulov, universitet profilaktika inspektori, podpolkovnik M.Qurbonovlar ishtirok etishdi. Tadbir didavomida Oʻzbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida"gi Qonuni va uning mazmun-mohiyati haqida hamda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar to'g'risida ma'lumotlar berib oʻtildi. uchrashuv yakunida talabalarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.