Masofaviy ta’lim markazi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Sh.Sirojiddinovning 2022-yil 25-avgust qaroriga ko‘ra Masofaviy ta’lim markazi tashkil qilindi.

Markazda 5111200- O‘zbek tili va adabiyoti (sirtqi) ta’lim yoʻnalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Ushbu mutaxassislar umumiy o‘rta ta’lim maktablari va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida pedagog, o‘zbek tili va madaniyati markazlarida o‘qituvchi, ommaviy axborot vositalari, davlat boshqaruvi organlari, boshqa davlat va nodavlat muassasalarda, vazirlik va tashkilotlar rahbarlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchi sifatida kasbiy faoliyat olib boradilar.
Markazning asosiy vazifalari sifatida O‘zbek tili va adabiyotining nazariy-amaliy, metodik muammolarini ilmiy-fundamental asosda tadqiq etish, darslikda berilgan topshiriqlarning uslubiy, tahririy, ilmiy kamchiliklarini va topshiriqlar, matnlar, mashqlar shartidagi g‘alizliklarni bartaraf etish, ona tili va adabiyot mashg‘ulotlarida ongli verbal-kognitiv ta’lim usulini qo‘llashni o‘rgatish va rivojlantirish, bugungi kunda ona tili ta’limining yangi pedagogik texnologiyalarni o‘rganish va o‘z faoliyatida qo‘llash, adabiyot o‘qitishga oid yangi pedagogik texnologiyalarni o‘rganish va o‘z faoliyatida qo‘llash, metodik yordam guruhlaridagi ona tili va adabiyot fani bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlar metodikasini yaxlit tizimda umumlashtirish hisoblanadi. 

Markazda tilshunoslik sohasida professor A.Sobirov, dotsent N.Chiniqulov, adabiyotshunoslik sohasida dotsent T.Shermurodov kabi yetuk olimlar ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishmoqda.

Markazning professor-o‘qituvchilaridan Abdulhay Sobirov, Nurmurod Chiniqulov, Rohila Abdullayeva, Taxir Shermuradov, Fayzulla Iskandarovlar respublikamiz bo‘ylab qator darsliklar, o‘quv qo‘llanma va monografiyalar muallifidir.

Masofaviy ta’lim markazi dekani: filologiya fanlari nomzodi, dotsent Nurmurod Chiniqulov Jumamurotovich.
2023/2024-o‘quv yilida 6011140 – O‘zbek tili va adabiyoti bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi talabalari uchun umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan (Hozirgi o‘zbek adabiy tili, O‘zbek adabiyoti, O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi, Ona tilini o‘qitish metodikasi) yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari o‘tkaziladi.