Yangiliklar

img
Tue, 01/21/2025 - 19:50

Masofaviy ta’lim kafedrasi faoliyatidan

2025-yil yanvar oyida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Masofaviy ta’lim markazining Masofaviy ta’lim kafedrasi yillik reja doirasida muhim tadbir tashkil qildi. Kafedra professor-o‘qituvchilari “Kitobxonlik – ma’naviy komillik garovi” mavzusida Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahridagi 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy hamkorlik tadbirini o‘tkazdilar.
Mazkur tadbirda kafedra mudiri J.Xudoyberdiyev, filologiya fanlari nomzodi T. Shermurodov, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori F. Iskandarov, o‘qituvchi A. Mahmadostov, maktab rahbariyati, ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari hamda yuqori sinfning ijodkor o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida J.Xudoyberdiyev universitetning Masofaviy ta’lim markazi nomidan maktab kutubxonasiga 50 dan ortiq o‘quv-uslubiy, adabiy-badiiy va ma’naviy-ma’rifiy kitoblarni tuhfa qildi. Hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida keyingi uchrashuv 2025-yil 18-fevral kuniga belgilandi.
Bu kabi tadbirlar yosh avlodni ma’naviy barkamollikka yetaklash va ta’lim-tarbiya jarayonlarini yanada boyitishda muhim ahamiyatga ega.