Masofaviy ta’lim kafedrasi

img

 

Masofaviy ta’lim kafedrasi 2023-yil 28-avgustda tashkil etilgan. Masofaviy ta’lim kafedrasi o‘zbek tili va adabiyotining ilmiy-nazariy, metodik muammolari tadqiqi, xususan, o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish  masalalari, ona tili va adabiyot bo‘yicha topshiriqlar yaratish va metodlarni ishlab chiqishga ixtisoslashgan. Kafedrada tilshunoslik sohasida professor A.Sobirov, dotsent N.Chiniqulov, adabiyotshunoslik sohasida dotsent T.Shermurodov kabi yetuk olimlar ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishmoqda. Kafedra mudiri: filologiya fanlari nomzodi, dotsent R.Abdullayeva.

Kafedra tarkibi: asosiy shtatda jami 20 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib boradi. Shundan: 7 nafar filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), 4 nafar katta o‘qituvchi.
Kafedra ilmiy salohiyati: 30 %
Kafedra ustuvor yo‘nalishlari

  • 1. O‘zbek tili va adabiyotining nazariy-amaliy, metodik muammolarini ilmiy-fundamental asosda tadqiq etish.
  • 2. Darslikda berilgan topshiriqlarning uslubiy, tahririy, ilmiy kamchiliklarini va topshiriqlar, matnlar, mashqlar shartidagi g‘alizliklarni bartaraf etish.
  • 3. Ona tili va adabiyot mashg‘ulotlarida ongli verbal-kognitiv ta’lim usulini qo‘llashni o‘rgatish va rivojlantirish.
  • 4. Bugungi kunda ona tili ta’limining yangi pedagogik texnologiyalarni o‘rganish va o‘z faoliyatida qo‘llash.
  • 5. Adabiyot o‘qitishga oid yangi pedagogik texnologiyalarni o‘rganish va o‘z faoliyatida qo‘llash;
  • 6. Metodik yordam guruhlaridagi ona tili va adabiyot fani bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlar metodikasini yaxlit tizimda umumlashtirish.
  • 7. Ona tili va adabiyot bo‘yicha ta’lim olayotgan bakalavr talabalarining bilim va salohiyatini amaliy ko‘nikmalar bilan doimiy ravishda mustahkamlash.
  • 8. Kafedraning ilmiy-innovatsion salohiyatini jonlantirish, ilmiy ekspertizadan muvaffaqiyat bilan o‘tgan fundamental tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish.

Kafedra tomonidan o‘qitiladigan yo‘nalish va mutaxassisliklar
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi:
5111200- O‘zbek tili va adabiyoti (sirtqi).

Kafedrada o'qitiladigan fanlar