Yangiliklar

img
Tue, 10/08/2024 - 16:19

Ma'rifatli yoshlar – millat kelajagi

Yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish, xalqimizning badiiy savodxonlik darajasini oshirish, yurtimizdagi islohot va yangilanishlarning mazmun-mohiyatini yoshlar hamda aholi ongiga to‘laqonli ravishda yetkazish, o‘zlikni anglash hamda ajdodlarga munosib avlod bo‘lish kabi ezgu g‘oyalarni targ‘ib etish maqsadida “Ma’rifat ulashib” loyihasi amalga oshirilmoqda.

“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari va mahallalar hamkorligida ziyolilar, ijod ahli bo‘lgan shoir yozuvchilar va adiblar ta’lim muassasasi, maktab va mahallalarga taklif etilib, o‘quvchi yoshlar, hududlar aholisi bilan adabiy-ma’rifiy uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Shunday adabiy-ma’rifiy uchrashuvlardan biri Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetiga biriktirilgan Toshkent shahar Yangi hayot  tumanidagi “Toshkent” MFY, “Viqor” MFY, “Yorqin hayot” MFY, “Iqbol” MFY, “Xushnud” mahallalarida hamda  285-sonli umumta’lim maktabida, shuningdek, ToshDO'TAUda  bo‘lib o‘tdi.   Loyiha mehmoni taniqli ijodkor, el ardog‘idagi adib Xondamir Qodiriy bo'ldi. Xondamir Qodiriy mashhur jadid bobomiz Abdulla Qodiriyning nabirasi bo'lib, u yoshlar bilan suhbat davomida A.Qodiriyning hayot yo'li, uning boy adabiy merosi haqida gapirdi.

Adabiy-ma’rifiy uchrashuvda mehmonlar mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, yoshlarning kitob mutolaasiga hukumat darajasida qaratilayotgan e’tibor, kitob mutolaasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning badiiy, ilmiy ijodkorligini yanada rivojlantirish, mutolaani ommalashtirish yoshlar siyosati bo‘yicha davlat dasturining asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylanganini alohida ta’kidladilar.