
Tue, 10/22/2024 - 15:59
MA’RIFAT ULASHMOQ AHAMIYATI
Universitetimiz O‘zbek adabiyoti tarixi va matnshunoslik kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborov “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida Toshkent shahridagi Vebster universiteti va unga biriktirilgan Toshkent viloyati Parkent tumanidagi 46- va 47-maktablarda o‘tkazilgan adabiy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etdi.
Tadbirlar davomida she'riyatga qiziqqan zukko o'quvchilar va o'qituvchi-murabbiylar bilan qizg‘in muloqotlar qilindi hamda eng faol o'quvchilarga maxsus sovg'alar topshirildi.