Yangiliklar

img
Thu, 10/08/2026 - 19:13

“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida adabiy-ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazildi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamda ta’lim muassasalari hamkorligida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida navbatdagi adabiy-ma’rifiy uchrashuvlar tashkil etildi.

8-oktabr kuni kunning birinchi yarmida ijodkorlar Yangiyo‘l tumanidagi 2-, 3- va 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bo‘lib, o‘quvchilar bilan ijodiy uchrashuvlar o‘tkazdilar. Muloqotlar davomida kitobxonlik, adabiyotga mehr, ma’rifat va yoshlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvlarda taniqli ijodkorlar Shaxodat Isaxanova, Xulkar Hamrayeva va Nuriddin Rasulov ishtirok etib, o‘zlarining hayoti va ijodiy faoliyati, adabiyotga munosabati hamda ijodiy tajribalari haqida so‘zlab berdilar. O‘quvchilar bilan samimiy suhbatlar, savol-javoblar va fikr almashuvlar tashkil etildi.

Kunning ikkinchi yarmida mazkur loyiha doirasidagi adabiy-ma’rifiy uchrashuv Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida davom etdi. Unda professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etib, ijodkorlar bilan adabiyot, ijod va ma’naviyatga oid dolzarb mavzularda muloqot qildilar.

“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasidagi uchrashuvlar yosh avlodni kitobxonlikka jalb etish, ularning adabiyotga qiziqishini oshirish, ijodkorlar bilan bevosita muloqotini yo‘lga qo‘yish hamda ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qilmoqda.