
"Ma'rifat ulashib" loyihasi davom etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2024-yil 13-apreldagi 03-RA 1-5359-sonli topshirig‘iga asosan oliy ta’lim muassasalari talabalarini kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi o'tkazilmoqda. Mazkur loyiha doirasida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida taniqli adiblar Norqobil Jalil va Abdumajid Azimov bilan talabalar uchrashuvi tashkil etildi. Samimiy suhbat va ochiq muloqot tarzida o'tgan suhbatda adib asarlari va zamonaviy o'zbek adabiyotining o'ziga xos tamoyillari haqida talabalar tomonidan berilgan savollarga ijodkorlar atroflicha javob berdilar. Norqobil Jalilov jurnalistikamiz sohasida o‘zining 30-yillik faoliyati mobaynida iste’dodi, intiluvchanligi, tashabbuskorligi tufayli obro‘- e’tibor qozongan. “Turkiston”, “O‘zbekiston ovozi”, “Xalq so‘zi”, “Oila va jamiyat” gazetalarida turli vazifalarda ishlagan davrida tahliliy-tanqidiy, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy mavzularda ko‘plab maqolalar e’lon qilib, o‘quvchilar e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Norqobil Jalilov qalamiga mansub “Sog‘inchning rangi”, “Quyoshga tik qarab bo‘lmas”, “G‘ovalik qahramon” singari badiiy-publisistik kitoblar ham uning serqirra ijodkor ekanligini ko‘rsatadi. Norqobil Jalilov 2016-yildan beri partiyamiz muassisligida chop etilayotgan “XXI asr” ijtimoiy-siyosiy gazetasida bosh muharrir vazifasida faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi a’zosi sifatida partiya yig‘ilishlarida istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish, ushbu yetakchi siyosiy kuch g‘oyalarini keng targ‘ib etishda faollik ko‘rsatmoqda. Uning bevosita sa’y-harakatlari, izlanuvchanligi, qolaversa, ishchan yetakchilik qobiliyati tufayli tahririyatda sog‘lom ijodiy muhit yaratildi.
Abdumajid Azimov “Yoshlik” jurnalida e’lon qilingan dastlabki she’rlar turkumi bilan (1980) adabiy jamoatchilik, she’riyat muxlislari e’tiboriga tushdi. “O‘tayotgan yillar” nomli birinchi kitobi 1986-ilda nashr etildi. Shundan so‘ng “Qalbimning vatani”(1990), “Quyosh bolasi” (1991), “Yorug‘lik odami” (2007), “Ruhi ravonim” (2013), “Oshiq dilim” (2015), “Umid belanchagi” (2016), kabi she’riy to‘plamlari joriy qilindi.
Bugungi tadbirda mehmon ijodkorlar talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan yoshlar bilan uchrashib, ularga o'z masalahatlarini berdilar.
Bundan tashqari Norqobil Jalilov va Abdumajid Azimovlar Toshkent viloyatida ToshDO'TAUga biriktirilgan umumta'lim maktablarida ham bo'lib, u yerda o'quvchi-yoshlar bilan uchrashdilar.