Yangiliklar

img
Fri, 04/19/2024 - 14:14

Ma'rifat ulashib

Jahonda yuz berayotgan turli jarayonlar, raqobat muhitida mafkuralar oʻrtasidagi kurash tobora keskinlashayotgan vaqtda maʼnaviyat va maʼrifat masalasi dolzarb ahamiyat kasb etayotgani sir emas. Shuni chuqur anglagan holda mamlakatimizda mazkur yoʻnalishda turli loyihalar, islohotlar amalga oshirilmoqda, yangi qarorlar eʼlon qilinmoqda. Ziyolilar ogohlikka chaqirilib, kelajak avlod tarbiyasiga masʼuliyat bilan yondashishi kerakligi bot-bot taʼkidlanmoqda. Yanada aniqroq aytsak, maʼnaviyat hayot-mamot masalasiga aylanib ulgurdi. Shu nuqtayi nazardan yurtimizning barcha ta'lim muasassalari, mahalla va guzarlarida "Ma'rifat ulashib" loyihasi o'tkazilmoqda. Jumladan, joriy yilning 19-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti tashabbusi bilan Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi maktablarda taniqli yozuvchi Nazar Eshonqul ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Zangiotalik yoshlarga manzur bo'lgan tadbir kunning ikkinchi yarmida ToshDO'TAUda talabalari bilan davom etdi. Universitetda tahsil oluvchi ijodkor va badiiy adabiyotga ixlosmand talabalar adib ijod laboratoriyasi bilan yaqindan tanishdilar. Samimiy suhbat tarzida tashkil etilgan tadbirda Nazar Eshonqul ko'plab iqtidorli yoshlarga qimmatli masalahatlarini berdi. Muxtasar qilib aytganda, Kelajagini oʻylagan har qanday davlat yoshlariga imkoniyat bilan birga shart-sharoit ham yaratib beradi. Shuningdek, ularning maʼnaviyatini yana-da oshirish, maʼrifatli, ziyoli boʻlib voyaga yetishida ham koʻmakchi boʻladi. "Ma'rifat ulashib" loyihasi ham odamlar bir xillikdan, maʼruza tinglashdan charchagan yoshlar uchun ayni muddao bo'ldi desak, mubolag'a emas.