
Ma'rifat ulashamiz
"Ma'rifat ulashib" loyihasi davom etmoqda. Universitetimiz pedagogik jamoasi ushbu xayrli ishga o'z hissasini qo'shib kelyapti.
15-may kuni O'zbek filologiyasi fakulteti Nazariy va amaliy tilshunoslik kafedrasi professor-o'qituvchilari K.Rixsiyeva, D.Mahkamova va S.Ne'matova hamda 4-kurs iqtidorli talabalari S.Davronova va M.Ergashevalar Zangiota tumani 32-umumta'lim maktabiga bordilar. U yerda maktab o'quvchilari va o'qituvchilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Tashkil etilgan davra suhbatida kitobxonlik va mutolaaning ahamiyati, bilim olish kelajak kafolati ekani borasida fikrlar bildirildi. Iqtidorli o'quvchilarning ijod namunalari tinglandi. Tadbir so'ngida faol o'quvchilar va maktab kutubxonasiga kitoblar taqdim etildi.
O‘zbek adabiyoti ta’limi kafedrasi dotsenti S.Qambarova, kafedra o‘qituvchisi F.Qulsaxatov va Kechki bo‘lim 3-kurs talabasi Jamshid Tilavovlar 2024-yil 16-may kuni Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahridagi “Bog‘bon” MFYga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida mahalla yoshlarining qiziqishlari, til o‘rganish, kitob mutolaasiga oid tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha MFY a’zolari bilan davra suhbati tashkil etildi. Mahalla hududida joylashgan 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi va o‘quvchilar bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish bo'yicha suhbat o'tkazildi. Jamoadoshlarimiz bitiruvchi yoshlarni universitet bilan tanishtirish maqsadida “Ochiq eshiklar” kuniga taklif qildi.
Folklorshunoslik va dialektologiya kafedrasi mudiri professor Samixon Ashirboyev boshchiligida kafedra a'zolari - dotsent Abdumurod Tilavov, o'qituvchi Anvar Turdialiyevlar Toshkent viloyati Yangiyo'l shahrida joylashgan 7-son umumiy o'rta ta'lim maktabiga tashrif buyurishdi.
Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari Nuriddin Ubaydullayev va Olmos Xurramovlar ham joriy yilning 15-may kuni kafedraga biriktirilgan Zangiota tumani “Nurobod” MFYga tashrif buyurishdi. Tashrif mobaynida MFY raisi va faollari, ichki ishlar xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Shu kuni vakillarimiz Zangiota tumanidagi 23-o‘rta umumiy ta’lim maktabda ham bo'lib, maktab direktori, fan o‘qituvchilari va 11-sinf o‘quvchilari bilan uchrashdilar.
Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon kafedrasi dotsentlari D.Xoldorov, O.To'laboyev, O.Usmonov, U.Rasulovalar 2024-yil 15-may kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi “Ramadon” MFYga tashrif buyurdi. Mahalla yoshlarining kitobxonlik madaniyatini oshirish bo‘yicha MFY a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda MFY raisi Abdumalik Ungaboyev, MFY Yoshlar yetakchisi Shugamov Beket, MFY ish yurituvchisi Iyabergenova Xadichalar ishtirok etdilar. Shuningdek, ustozlarimiz Zangiota tumanidagi 18-sonli umumiy o‘rta maktabiga tashrif buyurdilar. U yerda maktab rahbari Saidjon Rahmonov, maktab psixologi Eshniyozova Zumrad, fan o‘qituvchilari bilan o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini oshirish o‘qitishda innovatsion yondashuvlardan foydalanish masalalari bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. Badiiy mutolaa zavqi, kasb tanlash, hayotda maqsad sari kurashuvchan bo'lish, muomala va munosabatlar odobi kabi masalalar yuzasidan ma'ruzalar o'qildi. O‘quvchilar bilan qiziqishlari yuzasidan samimiy suhbatlashildi.
O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professsor-o‘qituvchilari: A.Yusupova va D.Kenjayevalar Yangi yo‘l shahridagi “Navro‘z” va “Mezon” MFYlariga tashrif buyurdilar. Ularni “Navro‘z” MFYning raisi B.Mahkamov iliq kutib oldi va mahallaning ichki tartibi va ishchi xodimlari bilan tanishtirdi. Shuningdek, professor-o’qituvchilar Yangi yo‘l shahrida joylashgan 1-son IDUMga tashrif buyurdilar. U yerda maktab rahbari, maktab psixologi va fan o‘qituvchilari bilan o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, o‘qitishda innovatsion yondashuvlardan foydalanish masalalari bo‘yicha mashg’ulot va suhbat o’tkazdilar.
Ona tili ta’limi kafedrasi professor-o‘qituvchilari G.Axmedova, N.Berdiyeva, G‘.Dustmurodovlar joriy yilning 17-may kuni Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahridagi “Olmos” va “Ishchilar shaharchasi” MFYga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida mahalla yoshlarining qiziqishlari, til o‘rganish, kitob mutolaasiga oid tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha MFY a’zolari bilan davra suhbati tashkil etildi. Shuningdek 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi va o‘quvchilar bilan ham davra suhbatlari o‘tkazildi. G.Axmedova yoshlar o‘rtasida ma’naviyatni targ‘ib qilish, ularda kitobga bo‘lgan muhabbatni uyg‘otish bo‘yicha zarur fikrlar bilan o‘rtoqlashdi. Kelgusidagi hamkorlik uchun chora-tadbirlar belgilandi.
6- may kuni O'zbek tili ta'limi fakulteti Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent I.N.Aslonov, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent V.N.Sattorov, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) A.K.Bo'ronov, Katta o'qituvchi F.T.Karimov va boshqa professor-o'qituvchilar Yangiyo'l shahridagi 4-sonli umumta'lim maktabida "Ramadon" MFY va "Mevazor" MFY faollari hamda bitiruvchi sinf o'quvchilari ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan davra suhbati o'tkazildi.
Shuningdek, Yangihayot tumani 285-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabiga O'zbek tili va adabiyoti universiteti "O'zbek adabiyoti tarixi kafedrasi" professori, filologiya fanlari doktori I.Ismoilov tomonidan "Ma'rifat ulashib" tadbiri doirasida yuqori sinf o'quvchilari bilan davra suhbatlari tashkil etildi. Mazkur kafedra professori v.b , filologiya fanlari doktori O. Hamroyeva esa Yangihayot tumani 2-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida bo'ldi va maktab jamoasi bilan suhbat o'tkazdi.
O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili ta’limi kafedrasi o‘qituvchilari Sh.Isayeva, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori E.Shirinova, katta o‘qituvchisi G.Iskandarova, o‘qituvchi Y.Do‘smuradovalar Yangiyo‘l shahridagi 7-sonli umumiy o‘rta maktabiga tashrif buyurdilar. Loyiha doirasida maktab rahbari Mohidil Ergasheva, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari K.Mirzaxanova, Maktab psixologi-S.Mirvaliyeva fan o‘qituvchilari bilan o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda o‘qituvchilarga metodik yordam ko‘rsatish, fanlarni o‘qitishda innovatsion yondashuvlardan foydalanish masalalari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi. Kitobxonlik, saviya, mushohada yurita bilish, kasb tanlash, hayotda maqsad sari kurashuvchan bo‘lish, muomala va munosabatlar odobi kabi masalalar yuzasidan ma'ruzalar o‘qildi. O‘quvchilar bilan qiziqishlari yuzasidan samimiy suhbatlashildi.