Yangiliklar

img
Wed, 04/30/2025 - 18:47

“Ma’rifat darsi”da muhim mavzular haqida ma’ruza qilindi

Joriy yilning 26-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida navbatdagi “Ma’rifat darslari” bo‘lib o‘tdi. Mazkur darsni Oʻzbekiston xalq shoiri, PhD Iqbol Mirzo olib bordi.

Tadbir davomida shoira yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot olib bordi. U bugungi o‘zgaruvchan davrda tafakkur, adabiy-estetik tarbiya, Vatanga sadoqat va ma’naviy yetuklikning o‘rni haqida so‘z yuritdi. Iqbol Mirzo bugungi Oʻzbekistonda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy yangilanishlar, yoshlarning milliy g‘urur va qadriyatlarga sadoqatini mustahkamlash zarurligi haqida to‘xtalib, o‘z she’rlari misolida buni yorqin ifodalab berdi.

“Ma’rifat darsi”da talabalar ham o‘z fikr-mulohazalari bilan faol ishtirok etdi. Tadbir yakunida shoira yoshlarga o‘z ijodiy izlanishlarida bardavom bo‘lishni, bilim va ma’rifat yo‘lida intiluvchanlikni aslo unutmaslikni tiladi.

  

Mazkur dars universitetda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni zamonaviy bilimlar va milliy g‘oyalar asosida tarbiyalash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.