Yangiliklar

img
Wed, 03/19/2025 - 19:58

“Ma’rifat darsi” – milliy g‘urur va vatanparvarlik darsi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida navbatdagi “Ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi. Mazkur dars filologiya fanlari doktori, professor Bahodir Karim tomonidan olib borildi.
Dars davomida talabalar O‘zbekistonning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotida sodir bo‘layotgan muhim voqealar, xalqaro maydondagi hamkorlik aloqalari, jumladan, davlat rahbarining tashqi siyosiy faoliyati, xalqaro tadbirlar va investitsiya loyihalari xususida batafsil ma’lumot oldilar.
Professor Bahodir Karim o‘z ma’ruzasida mamlakat taraqqiyotiga oid dolzarb masalalarga alohida to‘xtalib, yoshlar uchun ma’naviy-ma’rifiy bilimlarning ahamiyatini ta’kidladi. Ushbu dars talabalar ongida milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga, ularni yurt taraqqiyotiga daxldorlik hissi bilan yashashga undashga xizmat qildi.
Universitetda bunday ma’rifiy mashg‘ulotlarning muntazam o‘tkazilishi talabalar uchun muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, ularning jamiyatdagi faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga ko‘maklashadi.