
“Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Yangi Oʻzbekiston armiyasi – mamlakat qudrati, yuksak gʻurur va sadoqat timsolidir” shiori ostida “Mardlar qoʻriqlaydi Vatanni” mavzusida ko‘tarinki ruhda maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Mazkur tadbirda Qurolli Kuchlar harbiy orkestri, Qurolli Kuchlar 81109-harbiy qismi, “Lola” bolalar raqs ansambli, Farhod Zohidov boshchiligidagi “Shedevr” guruhi ishtirok etib, bayramga o‘zgacha ko‘tarinkilik bag‘ishladi.
Tadbir davomida vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar, raqslar va QVZ jamoasining kulgili chiqishlari namoyish etildi. Talabalar tomonidan tayyorlangan ijodiy chiqishlar yoshlarning qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini yanada mustahkamlab, ularda ertangi kunga ishonch uyg‘otishda muhim ahamiyat kasb etdi.