
Mardlar qo'riqlaydi Vatanni
Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi D.Zaripova tomonidan 1-talabalar turar joyida 101 va 103-guruh talabalari ishtirokida “Mardlar qo'riqlaydi Vatanni” mavzusida ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi – Vatan himoyachilari, tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan insonlarning qahramonligini yodga olish hamda talabalarga ular haqida chuqurroq ma’lumot berish edi. Tadbir doirasida qiziqarli viktorina o‘tkazilib, talabalar nafaqat berilgan savollarga javob topishdi, balki yangi bilimlar egallab, o‘z dunyoqarashlarini kengaytirdilar.
Bunday tadbirlar talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi yoshlar uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Ular nafaqat Vatanparvarlik ruhini yanada mustahkamlaydi, balki bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqni oshiradi va jamoaviy muloqot ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Tadbir ishtirokchilari mazkur faoliyatni nafaqat foydali, balki qiziqarli va mazmunli deb baholashdi.
Tadbir yakunida talabalar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar va ushbu mavzuda ko‘proq ma’lumot olishga qiziqish bildirishdi. Bu kabi tadbirlar yoshlarni har tomonlama rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.