Yangiliklar

img
Mon, 01/24/2022 - 16:50

Maʼnaviy-maʼrifiy masalalar muhokama qilindi

Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi  prorektori B.Xoliqov universitet jamoatchilik tashkilot raislari bilan  maʼnaviy-maʼrifiy masalalarni muhokama qildi. Talabalarning masofaviy taʼlimidan tashqari boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, bu borada audiochatlar, videochatlar, ZOOM  va telegramda uchrashuvlar tashkil etish, talabalar bilan doimiy aloqada boʻlish va ularda yuzaga kelayotgan muammolarni oʻrganish masalalari muhokama qilindi. Ayniqsa bu borada xotin-qizlar maslahatchilarini ham keng jalb etish, qizlar bilan  turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar uyushtirish belgilab olindi. Ushbu boʻyicha  xotin-qizlar kengashi raisi G.Joʻrayeva va Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi O.Olimjonovga tegishli koʻrsatmalar berildi. Shuningdek, profilaktika inspektori Dilmuhammad Sanginov bilan ham baʼzi masalalar muhokama qilindi.