Yangiliklar

img
Wed, 05/18/2022 - 12:33

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining aholini roʻyxatga olish sohasidagi vakolatlari nimalardan iborat

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

  •  1.   Aholini roʻyxatga olishni oʻtkazishga koʻmaklashish boʻyicha hududiy komissiyalarni tuzadi; 
  • 2. Maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini hisobga olgan holda aholi punktlarida doimiy yashovchi aholi sonini koʻrsatgan holda ushbu punktlarning toʻliq roʻyxati tuzilishini taʼminlaydi;
  • 3. Maʼmuriy-hududiy birliklarda koʻchalarning nomlari, uylar va xonadonlarning raqamlari koʻrsatilgan koʻrsatkichlar boʻlishini taʼminlaydi; 
  • 4. Jalb etilgan roʻyxatga oluvchi xodimlar tarkibini tasdiqlaydi;
  • 5. Roʻyxatga oluvchi xodimlarni tanlab olish va oʻqitishni tashkil etadi;
  • 6. Aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish doirasidagi ishlarni bajarishga jalb etiladigan shaxslarning oʻqishi va ishlashi uchun yaroqli mebel hamda aloqa vositalari bilan jihozlangan vaqtinchalik xonalar, shuningdek zarur transport vositalari berilishini taʼminlaydi;
  • 7. Roʻyxatga olish varaqlarini va boshqa roʻyxatga olish hujjatlarini vaqtincha saqlash uchun qoʻriqlanadigan xonalar ajratish yuzasidan choralar koʻradi;
  • 8. Aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish xavfsizligini taʼminlash boʻyicha ishlarning muvofiqlashtirilishini tashkil etadi.

                          Tuman statistika boʻlimi