Mahalla obod — yurt obod
24–25-avgust kunlari “Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida mamlakatimizda umumxalq xayriya hashari boʻlib oʻtmoqd. Ushbu hasharda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti vakillari ham faol ishtirok etishmoqda.
Hashar doirasida ta’lim muassasasi hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, bino va inshootlar hamda yo‘laklarda sanitar-tozalash ishlari tashkil qilinib, hududni chiqindilardan tozalash tadbirlari o'tkazilmoqda.
Shuningdek, “Yashil makon” loyihasi doirasida ekilgan daraxtlar kuz-qish mavsumi oldidan dorilandi. Yashil chim ekilib, bio-ogʻit sepildi, daraxtlar oqlandi. Hasharda barcha faol ishtirok etdi. Maqsad — eng ulugʻ, eng aziz bayram oldidan universitetni yanada obod qilish va yangi oʻquv yiliga hududni shay holatga keltirish.
Yurtimizni obod qilishga o‘z hissamizni qo‘shaylik!