Magistrlik himoyalari o‘tkazildi
Joriy yilning 24-26-iyun kunlari Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasida bitiruvchi bosqich magistrlari uchun Magistrlik ishlarining himoya jarayonlari tashkil etildi. Mazkur jarayon magistrantlarning ta’lim davomida egallagan nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini namoyon etishning muhim bosqichi sifatida tashkil etildi.
Himoya jarayonlari belgilangan jadval asosida yuqori saviyada o‘tkazilib, magistrantlarning ilmiy izlanishlari malakali professor-o‘qituvchilar hamda komissiya a’zolari tomonidan xolis va adolatli baholandi. Har bir ishning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyatiga alohida
e’tibor qaratildi.
Magistrantlar o'z tadqiqotlarida jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslikning dolzarb masalalari, zamonaviy adabiyot nazariyasi hamda adabiy jarayonga oid mavzularni yoritib, ilmiy xulosalarini taqdim etdilar. Himoya davomida mavzular yuzasidan fikr almashinuvi va ilmiy muhokamalar ham olib borildi. Jumladan, himoya raisi professor Gulnoz Xalliyeva MD mavzularining barchasiga qo'yib berilgan aniq ilmiy muammolarni e'tirof etib, bu mavzular keyingi bosqichlarda ham davom ettirishga arzishini bildirdi.
MD himoya imtihonlari talabalarning mustaqil ilmiy izlanish olib borish, tahliliy fikrlash va kasbiy kompetensiyalarini namoyish etishlari uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi. Jarayon yuqori ilmiy saviyada tashkil etilgani ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, jarayon davomida magistrantlarning chiqish madaniyati, mavzuni asoslab berish darajasi ham e’tibordan chetda qolmadi. Ushbu himoya yuqori saviyada, ochiq va tanqidiy-tahliliy ruhda tashkil etilib, har bir magistr keyingi bosqichlarda ham o‘z ustida ishlashi uchun muhim tajriba orttirdi.

Yakunda MD ishlariga biriktirilgan tashqi va ichki taqrizchilarning ham fikrlari tinglandi, bitiruvchilarni keyingi bosqichga tayyorlash yuzasidan aniq vazifalar belgilandi. Mazkur jarayon magistrantlarning ilmiy salohiyatini oshirish, mustaqil tadqiqot olib borish ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda ularni kelgusidagi kasbiy faoliyatga puxta tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.


