Yangiliklar

img
Tue, 04/18/2023 - 15:27

Madaniyat va san'at sohasidagi tashabbuslar

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida kino ekspert, eksperimental kinorejissyor va ingliz murabbiysi Anxel Trofimova mehmon bo'ldi. Mehmonni universitet xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori Nozliya Normurodova kutib oldi. 
Mehmonimiz ToshDO'TAUning san'at va madaniyat sohasini rivojlantirishda alohida o'rin tutishini va hatto xalqaro maydonda ham bu universitet istiqboldagi potensial hamkor ekanligi qayd etdi. 
Uchrashuv davomida Anxel Trofimova kino, fotografiya, tasviriy sanʼat, dizayn, eksperimental qisqa metrajli, turli hujjatli va badiiy filmlarda oʻzining kuchli tajribasi bilan oʻrtoqlashdi va  kinoga qiziquvchilar uchun yangi “Filmlar namoyishi va muhokamasi” loyihasi haqida gapirib berdi.
San'at va turli madaniyatlar talabalarning dunyoqarashini oshirish, ularni global maydonda  muvaffaqiyatli karyeraga tayyorlash, ijodiy fikrlash qobiliyatini kengaytirish va boshqa ko'plab omillar orqali foyda keltiradi.


Bu haqiqatan ham Universitet uchun yangi yo‘nalish va men oliygohimiz uchun juda katta salohiyatga ega bo‘lgan tashabbusni shakllantirish va yo‘naltirish imkoniyatidan  xursandman, dedi  Nozliya Normurodova.