Yangiliklar

img
Thu, 03/30/2023 - 16:20

Lingvistik tadqiqotlarda yangicha tendensiyalar: tilshunoslikdan psixosomatikagacha

Ta’lim jarayonini samarali tashkil etishda yangicha dars usullaridan foydalanish, amaliyotga tatbiq etish muhimdir. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida doimiy tarzda bunday mashg‘ulotlar o‘tkazib kelinmoqda. Xususan, joriy yilning 30-mart kuni universitetimizning O‘zbek filologiyasi fakulteti Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi hamda universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻlimi, universitet xotin-qizlar kengashi hamkorligida mahorat darsi tashkil etildi. 
Mahorat darsini Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Z. Xolmanova ochib berdi. Unda Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi oʻqituvchisi F.Kurbanova  "Soʻz qudrati va tafakkur moʻjizasi" mavzusida maʼruza qildi. Ushbu tadbirda universitet ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori, filologiya fanlari doktori, professor O.Jamoliddinova, xotin-qizlar kengashi filologiya fanlari doktori, professor G. Joʻrayeva, Amaliy filologiya fakulteti dekani filologiya fanlari doktori, professor S.Muhamedova, OʻzMU Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti  N. Alovuddinova, professor-oʻqituvchilar va  talabalar ishtirok etishdi.


Ba'zan shunday gaplarni eshitib qolamiz: tomoq stress natijasida og‘riydi, saraton birovni kechira olmaslik va adovat saqlash tufayli rivojlanadi, allergiya esa ichda yutilgan g‘azab natijasida "tashqariga chiqadi" - psixosomatikaga doir ilmiy ishlarda shunday izohlarni ko‘p uchratish mumkin. Bekorga xalqimizda yaxshi so‘z – jon ozig‘i, yaxshi so‘z bilan ilon inidan chiqar, yomon so‘z bilan pichoq qinidan singari maqollar aytilmagan.  So‘z qudrati yordamida insonlarning dardiga shifo bo‘lish, bunda ohang va fikrni yetkazish shakllari, kerakli so‘zni o‘z vaqtida va o‘rinli qo‘llash haqida so‘nggi yillarda dunyo tadqiqotchilari tomonidan ko‘plab ilmiy fikrlar o‘rtaga tashlanmoqda. Bugungi mahurat darsida ham ayni mavzularda ilmiy mubohasalar bo‘lib o‘tdi. Psixolingvistikada rivojlanib borayotgan yangi tendensiyalar, ilmiy yangiliklar bu sohaning porloq istiqbolidan dalolatdir. 


Mahorat darsida ekspertlar tomonidan ma’ruzachiga bildirilgan fikrlar yangi tadqiqot ishlari uchun asos bo‘lib xizmat qilishiga ishonamiz!