
Latviya talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun stipendiya dasturlari e’lon qilindi
Latviyaning Toshkentdagi elchixonasi 2025-2026-o‘quv yillari uchun O‘zbekiston Respublikasi talabalari va professor-o‘qituvchilariga Latviya oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish imkoniyatini taqdim etadi. Ushbu dastur doirasida talabalar va o‘qituvchilar uchun stipendiyalar ajratilishi, shuningdek, yozgi maktablar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
Latviya Respublikasi tomonidan taklif etilayotgan stipendiya dasturlarida qatnashish uchun arizalarni 2024-yil 1-aprel kuniga qadar rasmiy veb-sayt https://studyinlatvia.lv/ orqali yuborish talab etiladi.
Barcha qiziqish bildirganlar uchun qo‘shimcha ma’lumotlar ilovalarda keltirilgan. Ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun ariza topshirish muddati yaqinlashganligini hisobga olib, vaqtida murojaat qilishni maslahat beramiz.
Bu dastur O‘zbekiston va Latviya o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi va respublikamiz yoshlariga xalqaro miqyosda bilim olish va tajriba orttirish uchun ajoyib imkoniyat yaratadi.
Batafsil ma’lumot va ariza topshirish uchun: https://studyinlatvia.lv/
Mavjud universitet bilan tanishing: Yuklab olish