Kutubxona
ILMDAN BIR SHU’LA DILGA TUSHGAN ON,
SHUNDA BILURSANKIM, ILM BEPOYON.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Axborot - resurs markazida 10 ming nomdagi 30 mingga yaqin badiiy, ilmiy, ilmiy-ommabop, ijtimoiy - siyosiy adabiyotlar, 300 mingdan ortiq elektron resurslar, 5 mingga yaqin mobile kitoblar mavjud.
Ularni quyidagi raqamlarda ko‘rish mumkin:
- Badiiy adabiyotlar – 8060 ta;
- Darsliklar – 3736 ta.
- Ilmiy adabiyotlar – 3239 ta;
- Kurs kitoblari – 13374 ta;
- Siyosiy adabiyotlar – 2124 ta;
Shuningdek, kutubxonaning elektron hujjat fondidagi nashrlar soni 302 000 tani tashkil etadi. Ular quyidagilardan iborat:
- O‘quv adabiyotlari – 13374 ta;
- Darsliklar – 5128 ta;
- Ilmiy adabiyotlar – 3518 ta;
- Chet tillardagi adabiyotlar – 1024 ta.
Qolaversa, universitet professor-o'qituvchilari, Respublikamizning mashhur tilshunos, adabiyotshunos olimlari, Xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan universitetlarning olimlari, talabalari tomonidan ham kitoblar Axborot-resurs markaziga taqdim etilib kelinmoqda.
Alisher Navoiy asarlari qo‘lyozmasining faksimile nusxalari Rossiya, Buyuk Britaniya, Turkiya, Ozarbayjon, Misr arab respublikalaridan keltirilayotganligi Axborot-resurs markazi fondida nodir manbalarning ham ko'payayotganligidan, yangi tadqiqotlar uchun zamin hozirlayotganligidan dalolatdir.
Axborot-resurs markazida 40 kishilik o‘quv zali, 60 ta internet tarmog‘iga ulangan zamonaviy kompyuterlar, bir vaqtning o‘zida 100 nafar talaba foydalanishi mumkin bo‘lgan Masofaviy o‘quv zali hamda kutubxonachilik qonun-qoidalariga muvofiq barcha jihozlar mavjud.
ARM ish faoliyati: Dushanba – Shanba. 9:00 – 22:00.
AXBOROT-RESURS MARKAZIDA TASHKIL ETILGAN FONDLAR
XISAO KOMADSU FONDI
Axborot - resurs markazida tilshunoslik va adabiyotshunoslik fan sohalarida respublikamiz va xorijda faoliyat yuritgan olimlarning shaxsiy kutubxonalaridan olingan nodir kitoblar fondi yaratilgan. Jumladan, Markaziy Osiyo tarixi, madaniyati bo‘yicha yaponiyalik mashhur olim Xisao Komadsu tomonidan Axborot-resurs markazi fondiga 200 ta nodir kitoblar hadya etilgan. Xisao Komadsu taqdim etgan asarlardagi turkiy xalqlar tarixi, adabiyoti, etnologiyasiga oid tadqiqotlar axborot-resurs markazi foydalanuvchilarida katta qiziqish uyg‘otyotgani, ulardagi ma’lumotlar fanga oid yangi nazariy qarashlarga poydevor bo‘layotgani, albatta, quvonarli hol.
OTAQO‘ZI AZIZOV FONDI
Filologiya fanlari doktori, professor, umrini o‘zbek tilshunosligi, leksikografiyasi, rus va o‘zbek tillarining qiyosiy o‘rganish masalalariga bag‘ishlagan, darsliklar, ruscha-o‘zbekcha va boshqa lug‘atlar tuzgan Otaqo'zi Azizov farzandlari 3 mingdan ortiq kitobni fondimizga sovg‘a qilgan. Tilshunoslik sohasidagi ushbu noyob kitoblar soha rivojiga munosib hissa qo'shmoqchi bo‘lgan mutaxassislar ilmiy izlanishlarida qo‘l kelmoqda.
AZIZXON QAYUMOV FONDI
Filologiya fanlari doktori, professor, o‘zbek navoiyshunoslik maktabining atoqli vakili Azizxon Po‘latovich Qayumov shaxsiy kutubxonasining mingdan ortiq noyob asarlari universitetimiz ARMiga sovg‘a qilindi va olim nomida fond tashkil etildi. Ushbu noyob qo‘llanmalar kelgusida tadqiqotchilar uchun dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi.
XALQARO MA’LUMOTLAR OCHIQ BO‘LGAN KUTUBXONALAR VA FONDLAR
(Universitet ARMidagi internet tarmog‘i orqali bemalol foydalanish mumkin)
www.researchgate.net
www.search.proquest.com
www.scopus.com
www.academia.edu
www.ndl.go.jp
www.elibrary.ru
www.disser.cat
www.rsl.ru
www.nypl.org
www.nlr.ru
www.rasl.ru
www.bpl.org
www.bl.uk
www.feb-web.ru
www.lingvarium.org
www.iling.spb.org
www.lingvo.info
www.qumer.info
www.lingsib.iea.ras.ru
www.altaica.ru
www.ushakovdictionary.ru
www.minlang.srcc.msu.ru
www.onomastika.ru
www.folk.ru
www.library.spbu.ru
www.nbchr.ru
www.infoliolib.info
www.cyberleninka.ru
www.booksshare.ru
www.niv.ru
www.orientalstudies.ru