
Kutilgan kinonamoyish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2024-yil 13-apreldagi 03-RA 1-5359-sonli topshirig‘i ijrosini ta’minlash hamda oliy ta’lim muassasalari talabalarini kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasini amalga oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 17-apreldagi 122-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 17-sentabr kuni kinonamoyish o'tkazildi. Kinonamoyishda "Bolalik sinovlari" kinofilmi talabalar e'tiboriga havola etildi.
Kinoda ilgari surilgan g‘oya orqali talabalardagi Vatanga sadoqat, o‘zaro mehr oqibat, yuksak mas’uliyat, bag‘rikenglik, sog‘lom dunyoqarash, shukronalik, vatan taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘ularini rivojlantirishga erishildi.