Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplaens-nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi

img

Nasriddinov Abdug‘ani

Tug‘ilgan sanasi

Millati: O'zbek

E-mail: abdugani@navoiy-uni.uz 

Kontakt: +998 71 281 42 44

Qabul kunlari:  09:00 - 18:00

Dushanba-Juma

MA'LUMOT

  • Bo‘lim boshlig‘ining asosiy funksional vazifalari quyidagilardan iborat:
  • Bo‘limga umumiy rahbarlik qiladi, bo‘lim ishini tashkil etadi, bo‘limga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomi bo‘yicha to‘liq javob beradi;
  • Universitetda korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunlar, qonunosti hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi;
  • korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar va ish rejalarini ishlab chiqadi, ularning to‘liq, sifatli va o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlaydi;
  • Universitetda “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirishga qaratilgan ishlarni tashkil egadi; 
  • Ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish asosida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;
  • fuqarolik jamiyati institutlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, ota-onalar bilan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi;
  • komplaens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul shaxslarni o‘qitish va malakasini oshirishni tashkil etadi;

Korrupsiyaga qarshi kurashish «komplaens-nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i
Ta’lim:

2007-2011
BAKALAVRIAT: O‘zbekiston Milliy Universiteti
2013-2016
BAKALAVRIAT: Samarqand davlat chet tillar instituti
2018-2020
MAGISTRATURA: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
ISH FAOLIYATI:
2016-2017

Аlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi metodisti
2017-2019
Аlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti marketing boʻlimi boshligʻi
2021-yildan
Аlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Korruptsiyaga qarshi kurashish «Komplaens-nazorat»tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi
2016 – hozirgi paytgacha
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
HOZIRGI ISH JOYI:
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti

Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplaens-nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi

Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplaens-nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi bilan ishlash bo‘limining maqsadlari:

  • Universitetda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish;
  • Universitetda “Korrupsiyasiz soha” loyihasini universitet miqyosida amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash;
  • Universitetda korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash;
  • Universitetda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturlar ijrosini ta’minlash;
  • Universitetda korrupsiyaga qarshi kurashishga yo‘naltirilgan jamoatchilik nazoratini muvofiqlashtirib borish, shuningdek zamonaviy usullar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida korrupsiyaga qarshi monitoring olib borish;
  • korrupsiyaga qarshi kurashish va jamoat nazorati sohasida umum e’tirof etilgan xalqaro standartlar va xorijning ijobiy tajribasini o‘rganish hamda ilg‘or jihatlarni tatbiq etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  • Universitetda korrupsiyaning holati, tendensiyalari va sabablari hamda korrupsiyaga qarshi choralar ko‘rishning samaradorligi yuzasidan sotsiologik, ilmiy va boshqa tadqiqotlarni tashkil etish va takliflar ishlab chiqish;
  • Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
  • Universitetda korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunlar va qonun osti hujjatlar, shuningdek, Vazirlik Hay’ati qarorlari va buyruqlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi; 
  • Universitetda “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshiradi;
  • Universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan ichki hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun rektorga kiritadi; 
  • Universitetning ichki hujjatlarida aniqlangan korrupsiyaviy normalarni bartaraf qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
  • Universitetda korrupsiya faktlariga doir xizmat tekshiruvlarini reestrini yuritib boradi; 
  • Universitet xodimlari o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvi monitoringini yuritadi va tegishli takliflar kiritadi;
  • Universitet faoliyatida korrupsiyaviy holatlarni aniqlash maqsadida professor-o‘qituvchilar, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi, o‘quv-yordamchi xodimlar, talabalar (magistrantlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar) va aholi o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazadi;
  • professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan konferensiyalar, uchrashuvlar, seminarlar, tanlovlar tashkil etadi;
  • har chorakda va zaruratga ko‘ra korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda universitetdagi korrupsiyaviy vaziyat haqida rektorga  hisobot beradi;
  • Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Komplaens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari, ota-onalar bilan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi;

Bo‘lim quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • Bo‘limga umumiy rahbarlik qiladi, bo‘lim ishini tashkil etadi, bo‘limga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomi bo‘yicha to‘liq javob beradi;
  • Universitetda korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunlar, qonunosti hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi;
  • korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar va ish rejalarini ishlab chiqadi, ularning to‘liq, sifatli va o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlaydi;
  • Ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish asosida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;
  • fuqarolik jamiyati institutlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, ota-onalar bilan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi;
  • komplaens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul shaxslarni o‘qitish va malakasini oshirishni tashkil etadi;
  • bo‘lim faoliyatiga taalluqli masalalar bo‘yicha hujjatlarni ishlab chiqadi, shuningdek, kiritilgan hujjatlar loyihalari ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi va takliflar tayyorlaydi;
  • Bo‘lim boshlig‘i universitet Kengashi tarkibiga kiritiladi hamda majlislarda ishtirok etadi;
  • bo‘lim ishlarini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;
  • Universitet  faoliyati bilan bog‘liq jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ijro intizomiga to‘liq amal qiladi;
  • qonun hujjatlariga muvofiq vakolati doirasida boshqa funksional vazifalarni amalga oshiradi.

Hisobot