Yangiliklar

img
Fri, 05/16/2025 - 18:31

Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi

2025-yil 16-may kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi professor-oʻqituvchilari hamda oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 105, 107, 109-guruh va kompyuter lingvistika yoʻnalishi 101-guruh talabalari ishtirokida “Korrupsiya — kelajak taraqqiyotimiz kushandasi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda kafedra oʻqituvchisi G. Ibrogimova ma’ruza qildi. Shuningdek, kafedra mudiri, pedagogika fanlari dotsenti I. Aslonov hamda falsafa fanlari dotsenti A. Buranovlar soʻzga chiqib, korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uning kelib chiqish sabablari hamda oldini olish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bilan oʻrtoqlashdilar.
Tadbir davomida talabalar bilan faol savol-javoblar olib borildi, mavzu yuzasidan fikr almashildi. Yakunda oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 109-guruh talabasi Qarshiyev Y. va Toshpoʻlatov A. tomonidan tayyorlangan video soʻrovnoma namoyish etildi.

 

Tadbir ishtirokchilarida korrupsiyaga qarshi kurashish gʻoyasini chuqur anglash va unga nisbatan faollik bilan qarshi turish zarurligi haqida muhim tushunchalar hosil bo‘ldi.