Yangiliklar

img
Thu, 09/28/2023 - 13:14

Korrupsiya - halokatga yo'l

27-sentabr kuni universitet  tyutorlari, dekan o‘rinbosarlari, kabinet mudirlari va boshqa yordamchi xodimlar ishtirokida Korrupsiyaga qarshi kurashish "komplaens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi tomonidan “Korrupsiya –halokatga yo‘l” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda universitet ma’naviy-ma’rifiy ishlar va yoshlar masalalari  bo‘yicha birinchi prorektori v.v.b G.Jo‘rayeva, Rektorning yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi B.O'tanov, universitet profilaktika inspektori  D.Sanginov, Korrupsiyaga qarshi kurashish "komplaens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi boshlig‘i A.Nasriddinov, Masofaviy ta'lim markazi rahbari N.Chiniqulovlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi. 


Hozirda jamiyat hayotida tub o'zgarishlar, islohotlar va yangicha rivojlanish davri kuzatilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan yangilanishlar xalqimizning farovon turmush kechirishiga xizmat qilishi shubhasiz. Bunda “Islohot, islohot uchun emas, xalq uchun, uning manfaatlari uchun” degan tamoyil olg'a surilayotganligini ko'rishimiz mumkin. Lekin shunga qaramay, “boqimandalik” kayfiyatida yashayotgan, korrupsiya atalmish mudhish illatni yuzaga keltirayotgan va bu illatning qurboni bo'layotgan insonlar ham oramizda uchramoqda. Ayniqsa, bu illatni ta'lim tizimida uchrashi ta'lim sifatining hamda mamlakatdagi odillik prinsipining buzulishiga olib kelyapti.Sharq faylasuflari bu illat haqida so`z yuritganda, - “Korrupsiya – bu hokimiyatning fuqаrolarga emas, o`ziga xizmat qilishi” degan hikmatli gaplarni aytib o`tishadi.


 Barcha xodimlarni korrupsiya tushunchasi va bunday illatga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishlari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.