Yangiliklar

img
Fri, 07/05/2024 - 20:12

Koreyalik koʻngillilar uchun oʻzbek tili darslari boshlandi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi ko‘ngillilarining mahalliy hayotga moslashuv dasturi  doirasida oʻzbek tili kurslari boshlandi. 

Ushbu dastur ko‘ngillilar o‘z faoliyatini boshlashlaridan oldin O‘zbekistonga moslashish maqsadida tashkil etilgan. Ko‘ngilli mutaxassislar O‘zbekistonda faoliyatini samarali olib borishlari uchun olti hafta davomida o‘zbek tili, O‘zbekiston tarixi, madaniyati va an’analari bilan yaqindan tanishib, o‘rganishadi.
8 nafar koʻngilliga universitetimiz huzuridagi “Oʻzbek maktabi” jamoasi ona tilimiz va madaniyatimizdan saboq beradilar.