Koreyalik ko'ngillar ToshDO'TAUni tanlashdi
Koreya ko'ngillari ttashkiloti (KIDC) vakillari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida mehmon bo'ldi. Mehmonlar Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor Nozliya Normurodova bilan uchrashdi. Uchrashuvda Koreya hamkorlik agentligi (KOICA) bilan ToshDO'TAU o'rtasida manfaatli hamkorlik o'rnatilgani va u yaxshi samara berayotgani qayd etildi. Bunday sinalgan hamkorlar bilan ishlash koreyaliklar uchun juda qadrli ekanini ta'kidlashdi. Muzokaralar natijasida KIDC va ToshDO'TAU o'rtasida hamkorlik o'rnatildi. Endilikda KIDCning 15 nafar ko'ngillisi to'rt oy davomida ToshDO'TAUda o'zbek tili va madaniyatini o'rganadilar. Ular Koreyaning eng nufuzli universitetlarida kasbiy terapiya, bolaga gʻamxoʻrlik va ta’lim, ijtimoiy ta’minot, filologiya kabi yoʻnalishlarda tahsil oladilar. Ular oʻzbek tilini oʻrganish barobarida oʻzbek madaniyatidan ham dars oladilar. Shundan so'ng esa bu ko'ngillilar O'zbekistonning turli viloyatlariga borib, koreys tilini o'rgatishadi. Ular orasidan 5 nafar ko'ngilli Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAUda qoladi va bizning talabalarga koreys tilini o'rgatadi. Oldinda yana ko'plab maqsadli loyihalarni amalga oshirish kutilmoqda.