Yangiliklar

img
Mon, 04/10/2023 - 20:39

Konstitutsiyamiz - yorqin kelajagimiz kafolati

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 10-aprel kuni “Konstitutsiyamiz - yorqin kelajagimiz kafolati” mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati va referendum haqida keng tushunchalar berildi. Shuningdek, asosiy qonunimizda aks etgan, inson huquq va erkinliklari, ta’lim, ijtimoiy soha, parlament, sud organlari, hokimiyat tizimi va bank faoliyatiga doir yangi konstitutsiyaviy normalar xususida ham so‘z yuritildi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi Malika Akbarovna Kadirxanova so‘zga chiqib, konstitutsiyaviy islohotlar  “Avval inson, keyin – jamiyat va davlat” degan g‘oya asosida erkin, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlatni shakllantirish va taraqqiy etirishga qaratilgani bilan ahamiyatli ekanini ta’kidlab, barchani referendumda faol ishtirok etishga chorladi. 


Tadbir davomida referendum o‘tkazish tartibi batafsil tushuntirilib,yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasida o‘z aksini topgan inson huquq va erkinliklari, ta'lim, sog‘liqni saqlash, gender tenglik,hususan, ayollarga berilayotgan imtiyozlar, uy-joyga nisbatan mulk huquqi, erkin harakatlanish kabi huquqlar bilan to‘ldirilayotganligi alohida ta'kidlandi.


Estradamiz yulduzlari tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar barchaga xushkayfiyat ulashdi.