Yangiliklar

img
Wed, 11/29/2023 - 13:45

Konstitutsiya huquq va erkinliklarimiz kafolati

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi chorak asrdan sal ko‘proq muqaddam 1992-yil 8-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11-sessiyasida qabul qilingan.
Shu kun munosabati bilan 29- noyabr kuni  Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti tomonidan 8-dekabr Konstitutsiya kuniga bag'ishlangan "Shaxs huquqlari" mavzusida seminar-trening bo'lib o'tdi. Mazkur seminarni Toshkent davlat yuridik universiteti Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi o'qituvchisi Sunnat Hakimov olib bordi va talaba yoshlarga o'z huquqlari yuzasidan tushuntishlar berib o'tdi. Seminar so'ngida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Konstitutsiya inson huquq va erkinliklarini oliy qadriyat deb e’lon qilib, demokratik islohotlar, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, ijtimoiy o‘zgarishlar uchun asos bo‘ldi. Bu millatlararo tinchlik va totuvlikni mustahkamlash, tarixiy-madaniy an’analarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

  

Konstitutsiya inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, davlat suvereniteti, jamiyatda tinchlik va totuvlik tamoyillariga rioya etish, hayotimizning barcha jabhalarida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishning kafolatidir. Ushbu xujjat O‘zbekiston davlatchiligi shakllanishining eng yangi bosqichini boshlab berdi va bugungi kunda u har bir insonning huquq va erkinliklarini kafolatlaydi.