Yangiliklar

img
Mon, 05/27/2024 - 11:39

Kompyuter lingvistikasi rivojida qardosh tillar tajribasi

Universitetimiz jahonning yetakchi ta'lim muassasalari bilan hamkorlik aloqlarini o'rnatgan bo'lib, bu ta'lim sifatini yaxshilash, ilmiy tadqiqot ishlari samaradorligini oshirishga hissa qo'shmoqda. Xususan, hamkor OTMlar professorlarining universitetimiz talabalariga ma'ruza o'qishi, dars berishi yo'lga qo'yilgan. O'tgan bir  oy mobaynida Turkiyaning nufuzli Istanbul texnika universiteti professori, texnika fanlari doktori Eshref Adali Kompyuter lingvistikasi ta'lim yo'nalishi talabalariga "Turkiy tillar mantig'i" fanidan dars berdi. Taniqli professor o'z ma'ruzalarida turkiy tillarning fonetik, morfologik, sintaktik xususiyatlaridan kelib chiqib ularning mantiq formulalarini yozish,  algoritmlarini tuzish, dastur ishlab chiqishni o'rgatdi. Turkiy tillarni kompyuter tiliga aylanish jarayoni ketma-ketlikda tushuntirib berildi va shu metodlar asosida o'zbek tili bo'yicha ta'limiy, tahririy va avtomatik tarjima dasturlarini yaratish, takomillashtirish bo'yicha tavsiyalar berildi.