Yangiliklar

img
Sun, 06/19/2022 - 18:46

Kitob - tafakkur qanoti

Yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, aholi o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib etish, kitob mutolaasi madaniyatini shakllantirish bugunning dolzarb vazifalaridan biridir. Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ushbu yo‘nalishdagi yangi loyihalarni boshlab berdi. Xususan, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti mazkur qaror ijrosi sifatida ko’plab kitobxonlik tadbirlarida faol ishtirok etib kelmoqda.

Joriy yilning 19-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlari qo’mondonligi madaniyat markazida “Eng yaxshi yosh kitobxon” ko’rik-tanlovi o’tkazildi. Tanlovda O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Fundamental kutubxonasi direktori Berdiyeva Zuhra Shukurovna, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Harbiy Vatanparvarlik bo’limi boshlig’i Zohidova Ma’mura Nasrulloyevna, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti Tilavov Abdumurod Xolmuratovich hamda qo’mondonlik tasarrufidagi 12 ta qismdan harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Tadbir yakunida universitetimiz dotsenti Abdumurod Tilavovga Mudofaa vazirligi tomonidan mazkur ko’rik-tanlovning yuksak saviyada tashkil etilishida hamkorlikdagi uzluksiz amaliy yordami uchun tashakkurnoma topshirildi. Xulosa qilib aytganda, yuksak intellektual salohiyatga, o'z mustaqil dunyoqarashiga ega, tashabbuskor, jismonan sog'lom va ma'nan yetuk bo'lgan haqiqiy vatanparvar xodimlargina bugun tizimda amalga oshirilayotgan islohotlarning hal qiluvchi kuchi, xalqimizning haqiqiy ma'nodagi himoyachisi hisoblanadi.

Ta'kidlash kerakki,  universitetimiz kitobxonlikka qaratilgan ma'naviy  tadbirlarda doimiy ravishda ishtirok etib, samarali natijalar uchun o'z hissasini qo'shib kelmoqda.