Kirish imtihonlarining hayajonli onlari
Xabaringiz bor, avgust oyining dastlabki kunlaridan e’tiboran yurtimizning barcha hududlarida davlat oliy ta’lim muassasalariga 2023/2024-oʻquv yili uchun kirish imtihonlari oʻtkazilmoqda. Bu yil imtihonlarga har yilgidan-da koʻproq tayyorgarlik koʻrildi. Nafaqat abituriyentlar, balki ularga hamrohlik qiluvchi ota-onalari va yaqinlari uchun ham maxsus kutish hududlari hozirlandi. Har bir oliy ta’lim muassasasidan koʻngillilar biriktirilib, abituriyentlarni kutayotgan hamyurtlarimizga zarur yordamlarni koʻrsatmoqdalar. Jumladan, UzExpo Markaz pavilionlarida oʻtkazilayotgan test sinovlarida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti jamoasi ham faol ishtirok etmoqda. Universitetning tajribali psixologi Nargiza Norova hayajonli daqiqalarda ota-onalarga ruhiy dalda bermoqda.
Bir soʻz aytganda, imtihon jarayonlarida barcha abituriyentlarga va ularning hamrohlariga universitet jamoasi mumkin qadar oʻz yordamini berib kelmoqda.





