Yangiliklar

img
Fri, 07/28/2023 - 14:12

Kirish imtihonlariga sanoqli kunlar qoldi

1-avgustdan 2023–2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari boshlanadi

Test sinovlari kuniga ikki smenada o‘tkazilib:

1-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
Bu yil imtihon jarayonlariga har yilgidan-da jiddiy tayyorgarlik koʻrilmoqda. Abituriyentlarga imtihon davomida noqulaylik tugʻilmasligi uchun sovutish tizimlari, ichimlik suvi va boshqa sharoitlar hozirlanyapti. Imtihon jarayonini maxsus monitorlar orqali kuzatish imkoniyati mavjud boʻladi.
Bundan tashqari abituriyentlarga hamrohlik qilayotgan ota-onalar, ularning yaqinlari uchun ham moʻtadil haroratli kutish zallari tayyorlangan. Shu bilan birga  hayonli daqiqalarda ularni ruhiy qoʻllab-quvvatlash, qabul jarayonlari va ta’lim bilan bogʻliq turli savollarga javob berish uchun har bir oliy taʼlim muassasasidan sotsiolog, psixolog va koʻp yillik tajribaga ega tadqiqotchilar biriktirilgan.
Xususan, universitetimizdan volontyorlar jamoasi ham shakllantirilgan boʻlib, ular ota-onalarning qabul jarayonlariga oid savollariga javob berish bilan birga, ularning e'tiboriga madaniy dasturlarni ham havola etishadi.