Yangiliklar

img
Sat, 03/01/2025 - 19:58

Kipr Respublikasida oʻqish imkoniyati

Kipr Respublikasi 2025-2026-o‘quv yili uchun O‘zbekiston fuqarolari uchun 17 ta grant o‘rinlarini ajratdi. Ushbu grantlar bakalavr va magistratura bosqichlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, quyidagicha taqsimlanadi:

Bakalavr bosqichi uchun:
 • Nikosiya universiteti – 2 ta;
 • Bayrut O‘rta yer dengizi Amerika universiteti – 1 ta.

Magistratura bosqichi uchun:
 • Kipr universiteti – 7 ta;
 • Kipr xalqaro universiteti – 1 ta;
 • Nikosiya universiteti – 1 ta;
 • Limmasol universiteti – 5 ta.

Grant ajratilgan Kipr Respublikasi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati, ariza topshirish muddati va mas’ul shaxslarning aloqa ma’lumotlari ilovada keltirilgan.

Ilovani yuklash