
Kichkintoylar uchun darslar davom etmoqda
Respublika bolalar kutubxonasida "O'zbek maktabi" tomonidan tashkil etilayotgan "O'zbekcha gapiramiz" to'garagining navbatdagi mashg'ulotlari bo'lib o'tdi. Asosan rusiyzabon bolajonlar uchun chinakam sevimli mashg'ulotga aylanib borayotgan to'garakning bu galgi darslarini "O'zbek maktabi" mutaxassislari Shahnoza Nematova va Sevinch Qayumova olib borishdi. O'zbek tilini oson va tez o'rgaishga mo'ljallangan maxsus dastur asosida o'tkazilayotgan darslar oyda ikki marta, haftaning yakshanba kunlari bo'lib o'tmoqda. Mashg'ulotlar mutlaqo bepul. Bu to'garak haqida eshitgan ota-onalar o'z farzandlari "O'zbekcha gapiramiz" toʻgaragiga olib kelishmoqda.
Mashgʻulotlar bolalar uchun moʻljallangan interaktiv oʻyinlar va interaktiv muloqot shaklida olib boriladi. Bunday sermazmun va foydali darslarga siz ham oʻz kichkintoylaringiz bilan qatnashishingiz mumkin!