Yangiliklar

img
Tue, 10/13/2026 - 17:21

Kiberjinoyatchilikning oldini olish va xotin-qizlar himoyasini ta’minlash

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida kiberjinoyatchilikning oldini olish, internet tarmog‘ida xavfsizlikni ta’minlash hamda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan profilaktik tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Yakkasaroy tumani IIO FMB HPB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha profilaktika katta inspektori, podpolkovnik F.K. Samatova hamda Yakkasaroy tumani IIO FMB HPB kiberprofilaktika bo‘linmasi inspektori, leytenant M.R. Pardayeva ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida bugungi kunda keng tarqalib borayotgan kiberjinoyatchilik turlari, internet orqali sodir etiladigan firibgarliklar, shaxsiy ma’lumotlarni noqonuniy qo‘lga kiritish va ulardan g‘arazli maqsadlarda foydalanish holatlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlardan foydalanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish, noma’lum havolalarni ochmaslik, shubhali xabarlarga ishonmaslik, bank kartalari ma’lumotlari va tasdiqlash kodlarini begonalarga bermaslik zarurligi tushuntirildi.

Tadbirda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning internet makonida xavfsizligini ta’minlash, kiberzo‘ravonlik va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bunday holatlarga duch kelganda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish tartibi yuzasidan ham tavsiyalar berildi.

 

Mazkur profilaktik tadbir talaba-yoshlar va universitet jamoasining kiberxavfsizlik borasidagi bilimlarini oshirish, huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda internetdan foydalanishda hushyorlik va mas’uliyatni kuchaytirishga xizmat qiladi.