Kiberhujumlar global muammoga aylanmoqda
Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan tuzilgan kiberxavfsizlik bo'yicha ishchi guruh a'zolari bilan universitetimiz talabalari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi Unda universitetga biriktirilgan profilaktika katta inspektori D.J.Sangirov, Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti dekan o'rinbosari Sh. Xalilov, leytenant A. J To'raqulov, Yakkasaroy tuman IIOFMB h.p.b leytenent SH. O Saydahmatovlar talabalarga kiberhujumlar va kiberjinoyatlar haqida ma'lumot berdilar. Kiberxavfsizlik internetga ulangan tizimlarni, jumladan qurilma, dasturiy ta’minot va ma’lumotlarni kiberhujumlardan himoya qilishni anglatadi. Jismoniy shaxs yoki tashkilot qasddan va yovuz niyatda boshqa shaxs yoki tashkilotning axborot tizimiga kirishga urinsa, bu kiberhujum deb ataladi. Aksariyat hujumlar iqtisodiy maqsadga ega bo’lsa-da, hozirda amalga oshirilayotgan bir nechta operatsiyalar maqsad sifatida ma’lumotlarni yo’q qilishni o’z ichiga olmoqda.




