
Kelgusi haftadan dars mashgʻulotlari boshlanadi
2024/2025-oʻquv yili rasman 9-sentabrdan boshlangan boʻlsa-da, dastlabki kunlar kredit modul tizimiga kirish haftasi hisoblanadi. Bu hafta davomida birinchi bosqich talabalari uchun “Birinchi kurs maktabi” tanishtiruv tadbirlari oʻtkazilgan boʻlsa, yuqori kurslar tanlov fanlarini tanlash, majburiy fanlarning tarkibi va mazmuni bilan tanishib chiqishdi.
16-sentabrdan rasman dars mashgʻulotlari boshlanadi. Universitetimizda mavjud kafedralarda esa ish qizgʻin. Ular yangi oʻquv yilini yangicha kuch-gʻayrat, ishtiyoq bilan boshlashga shaylar. Universitetimizda bu yil kafedralar optimallashdi va tuzilmada yangi oʻzgarishlar boʻldi. Jarayon har bir pedagogdan alohida mas’uliyat talab etadi.
Yangi oʻquv yilida barcha professor-oʻqituvchilarga va talabalarga myvaffaqiyatlar tilab qolamiz!