Yangiliklar

img
Fri, 03/31/2023 - 19:58

Kelajagingga befarq  bo‘lma!

Ayni kunlarda, Respublikamiz bo‘ylab “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki” shiori ostida konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.
Shunday tadbirlarning navbatdagisi joriy yilning 31-mart kuni Yakkasaroy tumani "Moviy gumbazlar" maydonida bolib o’tdi. Unda universitetimiz talabalari, tyutorlari ham faol ishtirok etishdi. Tadbirda so'zga chiqqanlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanayotgan Konstitutsiyamizda yoshlar, ta’lim, tibbiyot sohalariga alohida e’tibor berilganligi haqida so‘z yuritdi.


Xususan, 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan Referendum, uni saylov jarayonlaridan farqi nima ekanligi, Konstitutsiyani yangilashdan maqsad, amaldagi Konstitutsiyaning 128 moddasi 155 taga ko‘paytirilayotganligi va ular inson tamoyili asosida amalga oshirilayotgani haqida tushuntirib o‘tdilar.