Yangiliklar

img
Thu, 08/07/2025 - 14:10

“Karyera oromgohi -2025” dasturida qatnashing!

Ish qidiryapsiz, lekin nimadan boshlashni bilmaysizmi?
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorlikda sizga bunday imkoniyatni taqdim etadi. 
Joriy yilning 24–31-avgust kunlari Bo‘stonliq tumanida tashkil etilayotgan “Karyera Oromgohi 2025” – bu 2- va 3-bosqich talabalari uchun mo‘ljallangan 7 kunlik bepul o‘quv oromgohi bo‘lib, sizga o‘z yo‘lingizni topishda amaliy yordam beradi.

Oromgohda sizni nimalar kutmoqda?

  • Rezyume tayyorlash va intervyu ko‘nikmalari;
  • Raqamli savodxonlik va shaxsiy brend;
  •  Jamoada ishlash, muloqot va yetakchilik;
  • Top kompaniyalar bilan jonli uchrashuvlar.

Ishtirokchilar soni chegaralangan. Tanlov asosida 200 nafar eng faol talaba tanlab olinadi.