«Jonlangan kitob» loyihasining navbatdagi bosqiçi yakunlandi
Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetida «Jonlangan kitob» loyihasining Ölmas Umarbekov qalamiga mansub «Odam böliş qiyin» asari asosidagi navbatdagi bosqiçi bölib ötdi. Mazkur loyiha talabalarning badiiy adabiyotga qiziqişini oşiriş, mutolaa madaniyatini rivojlantiriş hamda öqilgan asarlarni ijodiy yondaşuv orqali kengroq anglaşga qaratilgan.
Unda Özbek tili va adabiyoti fakultetining 104- va 105-guruh talabalari faol iştirok etdi. Talabalar asardagi voqealar rivoji, qahramonlarning hayotiy qaraşlari, xarakteri va ruhiy keçinmalarini sahna körinişlari orqali gavdalantirdilar. Har bir obrazning öziga xos jihatlarini oçib beriş orqali asarning mazmun-mohiyatini tomoşabinlarga yetkazişga harakat qildilar.
Taqdimotlar davomida iştirokçilar nafaqat aktyorlik mahorati, balki asar mazmunini çuqur anglaş, qahramonlar xatti-harakatlarini tahlil qiliş va ularning keçinmalariga munosabat bildiriş borasidagi qobiliyatlarini ham namoyon etdilar. Sahna körinişlari talabalar uçun mutolaa jarayonida olgan taassurotlarini ijodiy ifodalaş va adabiy obrazlarni yanada yaqinroq his etiş imkoniyatini yaratdi.

«Jonlangan kitob» loyihasi orqali talabalar badiiy asarlarni şunçaki öqibgina qolmay, balki ularning mazmuniga kirib boriş, qahramonlar taqdirini anglaş va muallif ilgari surgan ğoyalarni muşohada qilişga undalmoqda. Bunday ijodiy yondaşuv yoşlarning kitobxonlik madaniyati, nutqiy mahorati va jamoada işlaş könikmalarini rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbir yakunida loyiha doirasida faol iştirok etgan talabalar taşakkurnomalar bilan taqdirlandi. «Jonlangan kitob» loyihasi talaba-yoşlarning adabiyotga mehrini oşiriş, mutolaani ijodiy faoliyat bilan uyğunlaştiriş va kitobning tarbiyaviy-ta’limiy ahamiyatini yanada keng tarğib etiş yölidagi samarali taşabbuslardan biri bölib qolmoqda.

