Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi

img

Umurzakova Ra’no Axmedovna

Tug‘ilgan sanasi: 21.05.1974

Millati: O‘zbek

E-mail: umurzakovarano@navoiy-uni.uz

Kontakt: +998 71 281 45 79

Qabul kunlari: 10:00 - 17:00

Dushanba-shanba

MA'LUMOT

  • Universitetda Oliy ta’limga oid O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari, Rayosat majlisi bayonlari, Qurilish vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarorlari, buyruqlari, topshiriqlari shuningdek, universitet rektorining buyruqlari va universitet Kengashi qarorlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini fakultetlar, kafedralar va bo‘limlarda tahlil qilish, nazorat qilish;
  • Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqishda mas’uliyatsizlik va sansalorliklarga yo‘l qo‘ymaslik hamda murojaatlarni takroriy ravishda kelib tushishini oldini olish choralarini ko‘rish;
  • Universitet tarkibiy bo‘linmalari tomonidan ijro intizomi nazorati tashkil etilishini va uning ahvolini muntazam ravishda maqsadli o‘rganish, aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatish;
  • Bo‘lim xodimlari o‘rtasida ish taqsimotini amalga oshirish;
  • Bo‘lim faoliyati bo‘yicha yillik va joriy hisobotlarni tayyorlash ishlarini tashkil etish;
  • Ichki mehnat tartib qoidalariga rioya etishni ta’minlash;
  • Bo‘limning yillik ish rejasini bajarilishini ta’minlash.

Jismoniy  va yuridik shaxslaring murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i

Ta’lim:
Bakalavriat:  O‘zbekiston Milliy universiteti. Sotsiolog. Sotsiologiya  o‘qituvchisi
2003-2008
Bakalavriat:  O‘zbekiston Milliy universiteti, (2-mutaxasislik ) Menejment. Tarmoqlar bo‘yicha
2006-2008
Aspirantutura: O‘zbekiston Milliy universiteti. 22.00.01-sotsiologiya nazariyasi, uslubiyati va tarixi
Ish faoliyati:
2002 – 2008
O‘zbekiston Milliy universiteti. « Sotsiologiya” kafedrasi o‘qituvchisi
2008 – 2011
O‘zbekiston Milliy universiteti. « Sotsiologiya” kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchi
2013 – 2013
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti. “Falsafa ” fafedrasi katta o‘qituvchisi
2013 – 2016
O‘zbekiston Milliy universiteti. Magistratura bo‘limi uslubchisi
2016 – 2017
O‘zbekiston Milliy universiteti. Magistratura bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi
2018 – 2019
« Salar muborak savdo » oilaviy korxonasi. Direktor
2019 – hozirgi paytgacha
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo'limi boshlig‘i

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi

Universitetga Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlardan kechiktirmagan holda o‘rganib chiqishni ta'minlash.
Vazifalari:

  • Oliy ta’limga oid O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari, Rayosat majlisi bayonlari, Qurilish vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarorlari, shuningdek, universitet rektorining buyruqlari va universitet Kengashi qarorlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat etish;
  • Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqishda mas’uliyatsizlik va sansalorliklarga yo‘l qo‘ymaslik hamda murojaatlarni takroriy ravishda kelib tushishini oldini olish choralarini ko‘rish, amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida axborotni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Ijro intizomini ta’minlash va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasiga taqdim etish;
  • Elektron ish yuritish va hujjatlar aylanishi tizimi asosida hujjatlarning o‘z vaqtida ijro etilishini nazorat qilish hujjatlar ijrosini ta’minlash borasida metodik yordam ko‘rsatish;
  • Nazorat ishlarini muvofiqlashtirish, barcha tarkibiy bo‘linmalarda ijro intizomi ahvolini o‘rganish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur yordam ko‘rsatish ishlarini amalga oshiradi, kamchiliklar to‘g’risida universitet rektorini xabardor qilish;
  • Bo‘lim ogohlantiruvchi nazoratni amalga oshiradi, ijro intizomining joriy (har kunlik) va har oylik tahlilini o‘tkazadi hamda universitet rektori huzuridagi yig‘ilishlarda axborot berib borish;
  • Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limining faoliyati bo‘yicha universitet Ilmiy kengashi majlisida axborot berish;
  • Universitet tarkibiy bo‘linmalari tomonidan ijro intizomi nazorati tashkil etilishini va uning ahvolini muntazam ravishda maqsadli o‘rganish, aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy yordam ko‘satish.

Huquq va majburiyatlari:

  • Universitetda Oliy ta’limga oid O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari, Rayosat majlisi bayonlari, Qurilish vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarorlari, buyruqlari, topshiriqlari shuningdek, universitet rektorining buyruqlari va universitet Kengashi qarorlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini fakultetlar, kafedralar va bo‘limlarda tahlil qilish, nazorat etish;
  • Universitet tarkibiy bo‘linmalaridagi ijro intizomi ahvolini o‘rganish natijalari to‘g’risida rektorga axborot berish va uning topshrig‘iga muvofiq aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan qabul qilingan buyruqlarni ijrosini nazorat qilish;
  • O‘rganish natijalari tahlili asosida taklif va xulosalar ishlab chiqish;
  • Zarur hollarda ijro intizomiga rioya qilmagan rahbar va mas’ul xodimlarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan intizomiy jazo choralarini ko‘rish yuzasidan universitet rektoriga takliflar kiritish;
  • Universitetda ta’lim standartlariga hamda ta’limga oid me’yoriy hujjatlarga amal qilinishini tekshirish;
  • Universitetda bo‘ladigan barcha turdagi kengash ishlarida ishtirok etish;
  • Universitet faoliyatini o‘rganish bo‘yicha fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo‘linmalardan o‘z xizmat vazifalarini bajarish uchun kerakli hujjatlarni talab qilish va masalaga dahldor mutaxassislarni jalb qilish;
  • Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limining huquqi doirasidagi masalalarni joylarda o‘rganish uchun belgilangan tartibda universitetning malakali professor-o‘qituvchilarini jalb qilgan holda ishchi guruhlar tuzish.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limining nizomi