Yangiliklar

img
Fri, 06/27/2025 - 11:31

Jazoni ijro etish departamenti bilan hamkorlik oʻrnatildi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish departamenti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Bugun Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish departamenti rahbariyati hamda universitet rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov ishtirok etdi.
Mazkur uchrashuvning asosiy maqsadi — universitet hamda Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish departamenti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumini imzolash, shuningdek, ushbu tizim uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha universitet bazasida xizmat ko‘rsatish shartnomasini rasmiylashtirishdan iborat bo‘ldi.
Muloqot davomida psixologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning amaliyot bazalarini kengaytirish, penitensiar psixologiya sohasini rivojlantirish istiqbollari hamda mazkur yo‘nalishdagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.
Ushbu hamkorlik O‘zbekistonda penitensiar psixologiyaning ilmiy va amaliy asoslarini mustahkamlash, shuningdek, sohaga ixtisoslashgan malakali mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi.