Yangiliklar

img
Mon, 12/12/2022 - 16:47

Jamoat xavfsizligi universitetida mahorat darsi

Universitetimizning professor-o'qituvchilari jamiyatning faol qatlami safida ezgu tashabbus va g'oyalarni ilgari surib, o'z mutaxassisliklari  doirasida ilmiy-amaliy faoliyat olib borishmoqda. 
Ijtimoiy-gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari fakulteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi Arapbayeva Damegul Kurbanovna tomonidan Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari uchun mahorat darsi o'tkazdi. 
"Favqulodda vaziyatlarda omma bilan olib boriladigan psixologik ishlar mazmuni" mavzusidagi mahorat darsida yosh kursantlarga xizmat faoliyatida asqatadigan muhim bilimlar berildi. 
o'z navbatida, Jamoat xavfsizligi universiteti rahbariyati ToshDO'TAU pedagogik jamoasiga yaqin hamkorlik va amaliy ko'mak uchun minnatdorchilik bildirdi.