Wed, 11/02/2022 - 10:52
Jamoamiz finalda!
O'zbekiston ta'lim va fan xodimlari Kasaba uyushmasi Toshkent shahar kengashi tashabbusi bilan shahrimizdagi mavjud OTM xodimlari o'rtasida sportning futbol turi bo'yicha musobaqa o'tkazildi. Mazkur musobaqada universitetimiz jamoasi ham faol ishtirok etmoqda. Bo'lib o'tgan barcha musobaqalarda jamoamiz a'zolarining qo'li baland keldi va finalga yo'l olishdi.
Iqtidorli kishi har sohada iqtidorli , deydi donishmandlar. O'z kasbining fidoyisi, chinakam shijoatli ToshDO'TAU jamoasi yigitlariga va murabbiy R. Alimboyevaga final bosqichida omad tilaymiz!


