
Sat, 01/11/2025 - 15:18
Jamiyat rivoji uchun taklif kiriting!
"O'zbekiston - 2030" strategiyasini "Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yilida amalga oshirish bo'yicha davlat dasturi va uni tasdiqlash to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihalari ishlanib, keng jamoatchilik muhokamasi uchun joriy yilning 22-yanvar kuniga qadar www.uzbekistan2030.uz va regulation.gov.uz veb-saytlariga joylashtirildi.
Aziz hamkasblar va talabalar, siz ham mazkur hujjatlar bilan tanishib chiqing va ularni takomillashtirish yuzasidan takliflaringizni www.uzbekistan2030.uz portaliga yuboring .
Izoh: Hujjatlar loyihasi yuzasidan portalga kelib tushgan takliflar "Taragqiyot strategiyasi" markazi ekspertlari tomonidan kunlik tahlil qilib boriladi.