
“Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurash!” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi
19-sentabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi hamkorligida “Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurash!” mavzusida talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas'ul xodimi Shohruh Jumayev hamda qo‘mitaning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi Yakkasaroy tumani bo‘yicha bosh mutaxassisi Muslimbek Anvarjonov ishtirok etdi.
Shohruh Jumayev o‘z chiqishida diniy bilimlarni to‘g‘ri anglash, noto‘g‘ri manbalardan saqlanish va yoshlar ongida sog‘lom tafakkurni shakllantirish zarurligini ta’kidladi.
Muslimbek Anvarjonov esa talabalarga huquqiy madaniyatni oshirish, turli fikrlarga hurmat bilan qarash hamda radikal g‘oyalarga qarshi ma’rifat orqali kurashish zarurligini tushuntirdi.
Muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, mutaxassislardan batafsil javob oldilar.
Tadbir yakunida bunday uchrashuvlarni muntazam o‘tkazib borish va talabalar orasida ma’rifiy ishlarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.