Yangiliklar

img
Tue, 11/01/2022 - 14:03

Jaholatga qarshi maʼrifat

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan Talaba-yoshlarning ilgʼor gʼoya, taklif va tashabbuslari bilan yaqindan tanishish, ularning muammolarini hal qilish maqsadida  “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida
uchrashuv o‘tkazildi. Erta tongdan bir guruh talabalar Alisher Navoiy nomidagi kino saroyiga yetib keldilar. 
Uchrashuv Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʼyicha qoʼmita, Oʼzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi. 


Tadbirda so‘z olganlar yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun barcha sharoitlar mavjudligini,  imkoniyatlardan unumli foydalanishlarini hamda muqaddas dinimizda ham ilm olishga, tafakkur qilishga da'vat qilinganini ta'kidladilar.