
Jadidlar hayoti yoshlarga oʻrnak
Ma’rifatparvar jadidlarning Vatanimiz va jahon tarixidagi muhim o‘rni va ahamiyatini, milliy istiqlolimizning ma’naviy asoslarini yaratishdagi fidoyiliklarini, ibratli hayoti va faoliyatini, boy ilmiy-ijodiy merosini chuqur o‘rganish va faol targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni yanada kengaytirish mamlakatimiz oldidagi ustuvor vazifalardan biriga aylandi. Shu nuqtayi nazardan talaba yoshlar oʻrtasida jadidlar hayoti va ularning ijodiy faoliyatini keng targʻib maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tyutorlari Z.Saidolimova, A.Norova, A.Alimqulov, X.Raximovalar va A.Rahmatillayev boshchiligida universitet talaba yoshlari birgalikda joriy yining 20-sentabr sanasida “Tashkent City Mall” savdo majmuasida “Jadidlar. Turkistonga maktublar” koʻrgazmaga bordilar. Koʻrgazma jadidlarning ta’lim va ma’orif sohasidagi tashabbusiga bag‘ishlangani bilan diqqatga sazovordir.